Lotin ⇄ Kirill tarjimon
Matn va fayllarni (Word, Excel, PDF) kirill, lotin va yangi alifbo (2026) oʻrtasida oʻgiring. Alifbo oʻzi aniqlanadi, imlo xatolari koʻrsatiladi.
- Bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
- Matn va fayllar serverga yuborilmaydi
- Yangi alifbo: Ö Ğ Ş Ç
- Word, Excel, PDF
- 1 Faylni tanlang
- 2 Alifbo avtomatik aniqlanadi
- 3 Tavsiya etilgan alifboni tanlab, yuklab oling
Mashhur vositalar
Oʻgirish qoidalari
| Qoida | Lotin | Kirill |
|---|---|---|
| «e» soʻz boshida va unlidan keyin «э» boʻladi | ekran, poeziya | экран, поэзия |
| Soʻz boshidagi va unlidan keyingi «е» lotinda «ye» boʻladi | yer, oyest | ер, оест |
| Tutuq belgisi (ʼ) kirillda «ъ» boʻladi | maʼno, sanʼat | маъно, санъат |
| «sh» bitta tovush, «sʼh» esa ikki alohida harf | shahar, Isʼhoq | шаҳар, Исҳоқ |
| «yoʻ» — «й» va «ў» harflari | yoʻl | йўл |
| «ц» unlidan keyin «ts», boshqa holatda «s» | litsey, sirk, stansiya | лицей, цирк, станция |
| Oy nomlari va «ь»: lotinda yozilmaydi, kirillga qaytarishda tiklanadi | 21-oktabr, sentabr, kompyuter | 21-октябрь, сентябрь, компьютер |
Alifbo jadvali: kirill, lotin va yangi alifbo
| Kirill | Lotin (1995) | Yangi alifbo (2026) | Misol |
|---|---|---|---|
| А а | A a | A a | ota |
| Б б | B b | B b | bola |
| Д д | D d | D d | daryo |
| Е е / Э э | E e | E e | ekin |
| Ф ф | F f | F f | fan |
| Г г | G g | G g | gul |
| Ҳ ҳ | H h | H h | hayot |
| И и | I i | I i | ish |
| Ж ж | J j | J j | jon |
| К к | K k | K k | kitob |
| Л л | L l | L l | lola |
| М м | M m | M m | mehr |
| Н н | N n | N n | non |
| О о | O o | O o | olma |
| П п | P p | P p | paxta |
| Қ қ | Q q | Q q | qalam |
| Р р | R r | R r | rang |
| С с | S s | S s | suv |
| Т т | T t | T t | tosh |
| У у | U u | U u | uy |
| В в | V v | V v | vatan |
| Х х | X x | X x | xalq |
| Й й | Y y | Y y | yil |
| З з | Z z | Z z | zar |
| Ў ў | Oʻ oʻ | Ö ö | oʻzbek |
| Ғ ғ | Gʻ gʻ | Ğ ğ | gʻalaba |
| Ш ш | Sh sh | Ş ş | shahar |
| Ч ч | Ch ch | Ç ç | choy |
| Нг нг | Ng ng | Ng ng | tong |
| Ъ ъ | ʼ | ʼ | maʼno |
Koʻp beriladigan savollar
Kirilldan lotinga qanday oʻgiriladi?
Matnni chap oynaga yozing yoki joylang. Sayt yozuvni oʻzi aniqlaydi va natijani darhol oʻng oynada koʻrsatadi.
Word yoki PDF faylni qanday oʻgiraman?
Tarjimondagi «Fayl» boʻlimini oching (yoki faylni matn oynasiga tashlang). Sayt fayl qaysi alifboda ekanini aniqlaydi, qaysi alifboga oʻgirishni taklif qiladi va bir bosishda yuklab beradi.
Xizmat pullikmi?
Yoʻq, butunlay bepul va roʻyxatdan oʻtish shart emas. Matningiz serverga yuborilmaydi — hammasi brauzeringizda bajariladi.
Yangi alifboga ham oʻgirsa boʻladimi?
Ha. «Yangi alifbo (2026)» ni tanlang: Oʻ, Gʻ, Sh, Ch harflari Ö, Ğ, Ş, Ç ga almashadi.
Е va Ц harflari qanday oʻgiriladi?
Е soʻz boshida va unlidan keyin «ye» (ер → yer), undoshdan keyin «e» (мен → men). Ц unlidan keyin «ts» (лицей → litsey), boshqa holatda «s» (цирк → sirk).
Oktabr, kompyuter kabi soʻzlar toʻgʻri chiqadimi?
Ha: oktabr → октябрь, kompyuter → компьютер, stansiya → станция. Oʻz soʻzlaringizni «Istisnolar»ga qoʻshishingiz mumkin.
Kompyuterga dastur sifatida oʻrnatsa boʻladimi?
Ha, «Ilova» sahifasida bir bosishda Windows, Android yoki iPhone ga oʻrnating — internet boʻlmasa ham ishlaydi.