Foydalanish shartlari
Soʻnggi tahrir: 2026-yil 20-noyabr
1. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu shartlar Orfograf.uz sayti va ilovasidan (keyingi oʻrinlarda — «Sayt») foydalanish tartibini belgilaydi. Sayt dasturchisi — MonoDev (mustaqil dasturchi, jismoniy shaxs), aloqa: support@monodev.uz.
1.2. Saytdan foydalanish ushbu shartlarga va Maxfiylik siyosatiga rozilik bildirishni anglatadi.
2. Xizmatlar
2.1. Sayt bepul vositalarni taqdim etadi: kirill, lotin va yangi alifbo oʻrtasida oʻgirish, imlo yordamchisi, fayl va PDF vositalari, matn vositalari, hisoblagichlar va API.
2.2. Vositalar «boricha» (as is) taqdim etiladi. Dasturchi natijalarning toʻliq aniqligini, xizmatning uzluksiz ishlashini kafolatlamaydi. Rasmiy hujjatlar, shartnomalar, sud va davlat organlariga taqdim etiladigan matnlarni foydalanuvchi mustaqil tekshirishi shart.
2.3. Imlo yordamchisi koʻp uchraydigan xatolarni topadi, ammo toʻliq grammatik tekshiruv hisoblanmaydi.
2.4. Valyuta kurslari Markaziy bankning ochiq maʼlumotlari asosida maʼlumot uchun koʻrsatiladi va moliyaviy maslahat hisoblanmaydi.
3. Foydalanuvchi majburiyatlari
Foydalanuvchi: Saytdan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid maqsadlarda foydalanmaslik; uchinchi shaxslarning mualliflik huquqi va shaxsga doir maʼlumotlarini buzuvchi materiallarni qayta ishlamaslik; Sayt va API ishini buzishga, haddan tashqari koʻp avtomatik soʻrov yuborishga, cheklovlarni chetlab oʻtishga urinmaslik majburiyatini oladi.
4. Intellektual mulk
4.1. Siz kiritgan matnlar va fayllar sizga tegishli; Dasturchi ularga hech qanday huquq talab qilmaydi va ularni saqlamaydi.
4.2. Saytning dizayni, dasturiy kodi, logotipi va matnlari Dasturchiga tegishli. Ulardan ruxsatsiz nusxa koʻchirish va tijorat maqsadida foydalanish taqiqlanadi. API dan shartlarga muvofiq bepul foydalanish mumkin.
5. Javobgarlikni cheklash
Qonunchilikda ruxsat etilgan doirada Dasturchi Saytdan foydalanish yoki foydalana olmaslik natijasida yuzaga kelgan bevosita yoki bilvosita zarar uchun javobgar emas. Fayllaringizning asl nusxasini saqlab qoʻying.
6. Reklama
Saytda uchinchi tomon (Yandex) reklamasi koʻrsatiladi. Reklama mazmuni uchun reklama beruvchi javobgar. Reklama orqali xarid qilingan mahsulot va xizmatlar boʻyicha Dasturchi javobgar emas.
7. Yakuniy qoidalar
7.1. Ushbu shartlarga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi qoʻllaniladi. Nizolar muzokaralar yoʻli bilan, kelishilmagan taqdirda qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.
7.2. Dasturchi shartlarni oʻzgartirishi mumkin; yangi tahrir shu sahifada eʼlon qilingan paytdan kuchga kiradi.
7.3. Savollar boʻyicha: support@monodev.uz.