⬇ Ilova

Yangi oʻzbek alifbosi (2026)

2026-yil 21-oktabrda imzolangan OʻRQ–1184-son qonunga koʻra Oʻ, Gʻ, Sh, Ch oʻrniga Ö, Ğ, Ş, Ç harflari ishlatiladi. Bu sahifada — nima oʻzgaradi, qachondan va qanday tayyorlanish kerak.

—kun
—soat
—daqiqa

2027-yil 22-aprelgacha qolgan vaqt

Qaysi harflar oʻzgaradi?

KirillHozirgi lotinYangi alifboMisol
Ў ўOʻ oʻÖ öOʻzbekiston → Özbekiston
Ғ ғGʻ gʻĞ ğgʻalaba → ğalaba
Ш шSh shŞ şshahar → şahar
Ч чCh chÇ çchoy → çoy

Alifbo 28 ta harf va bitta tutuq belgisidan (ʼ) iborat boʻladi. «Isʼhoq» kabi soʻzlarda ajratuvchi belgi endi kerak emas: Ishoq.

Toʻliq alifbo jadvali

KirillLotin (1995)Yangi alifbo (2026)Misol
А аA aA aota
Б бB bB bbola
Д дD dD ddaryo
Е е / Э эE eE eekin
Ф фF fF ffan
Г гG gG ggul
Ҳ ҳH hH hhayot
И иI iI iish
Ж жJ jJ jjon
К кK kK kkitob
Л лL lL llola
М мM mM mmehr
Н нN nN nnon
О оO oO oolma
П пP pP ppaxta
Қ қQ qQ qqalam
Р рR rR rrang
С сS sS ssuv
Т тT tT ttosh
У уU uU uuy
В вV vV vvatan
Х хX xX xxalq
Й йY yY yyil
З зZ zZ zzar
Ў ўOʻ oʻÖ öoʻzbek
Ғ ғGʻ gʻĞ ğgʻalaba
Ш шSh shŞ şshahar
Ч чCh chÇ çchoy
Нг нгNg ngNg ngtong
Ъ ъʼʼmaʼno

Oʻzingizni sinang: yangi alifbo testi

Boshqa vositalar

Koʻp beriladigan savollar

Yangi alifbo qachon kuchga kiradi?

Qonun rasman eʼlon qilinganidan olti oy oʻtib, 2027-yil 22-apreldan kuchga kiradi.

Qaysi harflar oʻzgaradi?

Toʻrtta: Oʻ → Ö, Gʻ → Ğ, Sh → Ş, Ch → Ç. Qolgan harflar oʻzgarmaydi.

Eski hujjatlarim haqiqiy boʻlib qoladimi?

Ha. Qonun kuchga kirgunga qadar berilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qogʻozlar eski harflarda qolgan holda amal qiladi.

Word faylini yangi alifboga oʻgirsa boʻladimi?

Ha. Tarjimondagi «Fayl» boʻlimiga faylni tashlang va «Yangi alifbo (2026)» ni tanlang — formatlash saqlanadi.